21-savol
MATEMATIKA so‘zidagi harflarni o‘rnini almashtirib nechta turli xil belgilar ketma-ketligini hosil qilish mumkin?
#151200

22-savol
Seyfni kodlash uchun beshta turli xil belgilardan foydalansa bo‘ladi. Bular 0, 1,
2, … , 9 raqamlari va $, %, &, * (4 ta) belgilari. Sefyga jami necha xil kod qo‘yish mumkin?
#537824

23-savol
Jeff 2 ta kostyum, 4 ta kuylak va 7 ta bo‘yinbog‘ olib biznes sayohatiga chiqdi.
Jeff umumiy holda necha xil ko‘rinishda kiyinishi mumkin?
#56

24-savol
Jeff 3 ta kostyum, 5 ta kuylak va 8 ta bo‘yinbog‘ olib biznes sayohatiga chiqdi.
Jeff umumiy holda necha xil ko‘rinishda kiyinishi mumkin?
#120

25-savol
Ikkita shoshqoltosh tashlanganganda nechta elementar hodisalar kuzatilishi mumkin?
#36
26-savol
Uchta shoshqoltosh tashlanganganda nechta elementar hodisalar kuzatilishi mumkin?
#216

27-savol
Bitta shoshqoltosh tashlanganganda nechta elementar hodisalar kuzatilishi mumkin?
#6 ta
29-savol
Bitta shoshqoltosh va tanga tashlanganda tashlanganganda nechta elementar hodisalar kuzatilishi mumkin?
# 12 ta
30-savol
Agar A hodisa “Bu yil qish sovuq kelishi” bo‘lsa unga qarama-qarshi hodisa qanday bo‘ladi?
# Bu yil qish sovuq kelmaydi

31-savol
Agar A hodisa “Talab imtihonda 5 olishi” bo‘lsa unga qarama-qarshi hodisa qanday bo‘ladi?
# Talaba imitxonda 5 ololmaydi

32-savol
Xonada 8 kishi o‘tiribdi. Agar A hodisa “tashqaridan kelgan odam kimnidir tanishi bo‘lishi”hodisasi bo‘lsa. Ushbu holatda barcha elementar hodisalar soni qancha bo‘ladi?
#256
33-savol
Xonada 6 kishi o‘tiribdi. Agar A hodisa “tashqaridan kelgan odam kimnidir tanishi bo‘lishi”hodisasi bo‘lsa. Ushbu holatda barcha elementar hodisalar soni qancha bo‘ladi?
#64
34-savol
Xonada 3 kishi o‘tiribdi. Agar A hodisa “tashqaridan kelgan odam kimnidir tanishi bo‘lishi”hodisasi bo‘lsa. Ushbu holatda barcha elementar hodisalar soni qancha bo‘ladi?
#8

35-savol
Qutida 10 ta shar bor: 7 ta qora va 3 ta oq. Yashikdan tasodifiy ravishda bitta shar olindi. Bu shar oq bo‘lishining ehtimolini toping.
#0.3
36-savol
Qutida 10 ta shar bor: 7 ta qora va 3 ta oq. Yashikdan tasodifiy ravishda bitta shar olindi. Bu shar qora bo‘lishining ehtimolini toping.
#7/10=0.7
37-savol
«DAFTAR» so‘zidan tasodifiy ravishda bitta harf tanlandi. Bu «U» harfi bo‘lish ehtimoli nimaga teng?
#0/6=0
38-savol
«DAFTAR» so‘zidan tasodifiy ravishda bitta harf tanlandi. Bu unli harfi bo‘lish ehtimoli nimaga teng?
#1/3
39-savol
«DAFTAR» so‘zidan tasodifiy ravishda bitta harf tanlandi. Bu undosh harfi bo‘lish ehtimoli nimaga teng?
# 2/3
40-savol
3 ta tanga tashlandi. 2 ta tanga «gerb» tomoni bilan tushish ehtimoli nechaga teng?
#3/8=0.375

41-savol
3 ta tanga tashlandi. 2 ta tanga «raqam» tomoni bilan tushish ehtimoli nechaga teng?
# 3/8=0.375
42-savol
3 ta tanga tashlandi. 3 ta tanga ham «gerb» tomoni bilan tushish ehtimoli nechaga teng?
#1/8=0.125

43-savol
Shoshqol toshi bir marta tashlanganda, 4 raqami tushish ehtimoli nechaga teng?
#1/6
44-savol
Shoshqol toshi bir marta tashlanganda, toq raqam tushish ehtimoli nechaga teng?
#0,5
45-savol
Shoshqol toshi bir marta tashlanganda, 4 dan katta raqam tushish ehtimoli nechaga teng?
#1/3
46-savol
Nishonga otishda tekkazishlar nisbiy chastotasi 0,6 ga teng. Agar mergan 12 marta nishonga tekkiza olmagan bo‘lsa, jami bo‘lib necha marta o‘q otgan?
#30
47-savol
Nishonga otishda tekkazishlar nisbiy chastotasi 0,7 ga teng. Agar mergan 18 marta nishonga tekkiza olmagan bo‘lsa, jami bo‘lib necha marta o‘q otgan?
#60
48-savol
Ikkita shoshqol toshi tashlanganda tushgan raqamlar yig‘indisi kamida 9 ga teng bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#5/18
49-savol
Ikkita shoshqol toshi tashlanganda tushgan raqamlar yig‘indisi 9 ga teng bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#1/9
50-savol
Ikkita shoshqol toshi tashlanganda tushgan raqamlar yig‘indisi 12 ga teng bo‘lish ehtimoli nechaga teng?
#1/36